Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-29 11:05:00   |      249

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Maʼnaviyat —hayotimizdagi yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 22-dekabr kuni o'tkazilgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi maʼruzasi mazmun-mohiyatini oʻrganish boʻyicha "Maʼnaviyat —hayotimizdagi yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

NamDPI

Seminarni Yoshlar masalalari-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A. Isoqboyev ochib berdi hamda Tarix, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash masalalari boʻyicha nutq soʻzladi.

🔰Tadbir davomida Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi professori Mahbubaxon Sobirova Prezident maʼruzasi boʻyicha Oʻzbek tili va adabiyoti fanini oʻqitish va rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida maʼruza qildi.

✅Shuningdek, Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Shamsiya Egamberdiyeva, Pedagogika fakulteti dekani Oʻktamjon Abdullayev, Amaliy, jismoniy madaniyat va sport fanlarini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Baxtiyorxon Shokirxonov ham o'z maʼruzalari boʻyicha nutq soʻzladi.