Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-31 12:10:00   |      165

Namangan davlat pedagogika instituti jamoasiga bayram tabrigi


Assalomu alaykum muhtaram yurtdoshlar, aziz hamkasblar, qadrli talabalar!

Sizlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etaman.

O‘tib borayotgan yilimiz tarix zarvaraqlaridan joy olmoqda. 2023-yil nafaqat oliygohimiz balki, butun mamlakatimiz uchun barokatli, omadli yil bo‘ldi. Buni yil sarhisobidan ham ko‘rishimiz mumkin.

Azizlar, o‘tib borayotgan yil haqiqisiga ilm-fan va taraqqiyot, yoshlar yili bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman. Zero, yil nomi ham “Insonga e’tibor sifatli taʼlim yili” deb nomlanishi bejiz emas albatta. Yangidan-yangi bog‘cha va maktab, xorijiy oliy o‘quv yurtlari, sport maskanlari bunyod etilishi inson qadr-qimmati yuksak ekanidan dalolatdir.

Bu yil Namangan davlat pedagogika instituti uchun ham omadli yil bo‘ldi. Talaba-yoshlarimiz jahon arenalarida yuksak pog‘onalarga ko‘tarilmoqda. Ilm-fanda yuqori choʻqqilarni zabt etmoqda.

Qadrli talabalar, mening ishonchim komilki, siz yutuqlaringiz, g‘ayratingiz, bilimingiz bilan institutimizni yuksak marralarga olib chiqasiz. Bizlar esa sizlarga munosib ta’lim va tarbiya berishga, qobiliyat va iste’dodingizni ro‘yobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Azizlar, go‘zal va betakror yurtimizga ko‘z tegmasin, tinch-osoyishta, bag‘rikeng xalqimiz doimo omon bo‘lsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, barkamollik, ish va o‘qishingizda zafarlar tilayman. Kelayotgan Yangi yil institutimiz uchun quvonchli, barokatli, omadli kelsin. Yangi yil barchamizga yaxshi va yangi imkoniyatlar olib kelsin.

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

 

Bahodir Xusanov,

Namangan davlat pedagogika instituti rektori