Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-04 19:04:00   |      157

2023-yil yakuni munosabati bilan Pedagogika fakulteti hisoboti taqdim etildi.


2023-yil yakuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti va uning tarkibidagi kafedralar o'z hisobotini taqdim etishdi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Taqdimotdan oldin har bir kafedra oʻzing amaliy — qo'l mehnatiga asoslangan koʻrgazmali ishlarini namoyish etishdi. Koʻrgazma davomida institut rektori Bahodir Xusanov har bir kafedraning ijodiy ishlari bilan tanishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Taqdimotning rasmiy qismida Pedagogika fakulteti dekani Oʻktamjon Abdullayev yil davomida qilingan ishlar, fakultetning tarkibiy qismi, yutuq va kamchiliklari, 2024-yilda rejalashtirilgan ishlar bo'yicha maʼlumot berib o'tdi.

Shundan soʻng har bir kafedra yil davomida bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar va oʻz takliflarini ilgari surdi.

Taqdimot soʻnggida rektor mazkur yilda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan o'z fikri va takliflarini bildirib oʻtdi.