Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-09 14:10:00   |      143

Qishki fan olimpiadalari taasurotlari


Rahimjanova Mashhura 

Biz talabalar uchun tashkil etilgan mazkur olimpiada o'z bilimlarimizni sarhisob qilishga, yangi bilimlarni egallashga katta zamin yaratdi. Bilgan tushunchalardan ko'ra bilmaganlarimiz juda ko'p ekan. Men bu onlayn olimpiadada barcha fanlardan o'z bilimimni sinab ko'rdim, natijada O'zbek tili va adabiyoti fanidan faxrli 2-o'rinni, Musiqa nazariyasi ,Biologiya fanlaridan ham o'z iqtidorimizni ko'rsatib jami 1 ta diplom va 2 ta tashakkurnoma bilan taqdirlandim.

Onlayn olimpiada menda katta taassurot qoldirdi. Olimpiada tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.Kelgusida bunday olimpiadalar nafaqat onlayn, balki offlayn tarzida tashkil etilishini so'rab qolaman. Qishki ta'til onlayn olimpiada tufayli har bir kunimiz mazmunli, ilmga boy va maroqli o'tdi.