Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-09 14:12:00   |      139

Qishki fan olimpiadalari taasurotlari


Mahmudjon Mahkamov

Oliygohimizda talabalarning qishki ta'til vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan barchani birdek birlashtira oladigan "Fan olimpiada"lari o'tkazildi. Xususan, mening o'zim ham bir hafta davomida har bir fan savollariga qiziqish bildirganligim uchun faol qatnashdim va O'zbek tili va adabiyoti fanidan sovrinli o'rinlardan birini, O'zbekiston tarixi fani bo'yicha esa mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritgan holda diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandim.

Ushbu fan olimpiadaning o'tkazilishiga kamarbasta bo'lgan barcha tashkilotchilarga institutimiz talabalari hamda o'zim nomimdan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Aynan olimpiadalar formatiga o'zgartirishlar kiritib yanada mukammallashtirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu kabi olimpiadalar va tanlovlar bardavom bo'lishiga tilakdoshman.