Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-04-03 12:00:00   |      35

Sohibqiron bilimdonlari” mavzusida “Tafakkur” intellektual tanlovi bo`lib o`tdi.


Namangan davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron bilimdonlari” mavzusida “Tafakkur” intellektual tanlovi bo`lib o`tdi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

🔰Tanlovni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor Alisher Isoqboyev ochib berib, Amir Temur shaxsi va uning o`zbek davlatchiligi tarixida tutgan o`rni xususida to`xtalib o`tdi. Shuningdek ishtirokchilariga omad tiladi.

📚Ishtirokchilar Amir Temur hayoti va faoliyati bo`yicha tuzilgan test savollariga maxsus platformada elektron tarzda javob topish orqali o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishdi.

💠Yakuniy natijalarga ko`ra:
🥇1-o`rinni Xuvaydullayev Abdulaziz Tarix yo'nalishi talabasi;
🥈2-o`rinni Salimov Nurmuhammad Milliy g`oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo`nalishi talabasi;
🥉3-o`rinni Axmadqulov Yaxyobek Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi talabasi egalladi.

🏆G`oliblar haftalik yakunida diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishadi