Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2024-04-25 11:16:00   |      70

Gender tenglikdan — ijtimoiy tenglik sari


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta'minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Jumladan, hukumatimizda ham gender tengligi masalalarida muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda o‘tkazilgan Senat yalpi majlisida so‘zlagan nutqida  “… Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mehnatkash va oqila ayollarimiz qanchalik ko‘p saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf ko‘radi”— deb ta'kidlarida hamda bu borada olib borilayotgan amaliy ishlarni Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzilishida ko‘rish mumkin.

Darhaqiqat, gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turibdi. Zero, bu muhim omil oilani mustahkamlash, yuqori intellektual darajadagi yosh avlodni voyaga yetkazish, jamiyat barqarorligini ta'minlashning asosiy poydevori hisoblanadi.

Gender tenglik ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta'minlash uchun Konstitusiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o‘zi kifoya emas. Shu bois ham, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Aytishimiz mumkinki, ayollar va erkaklar tengligi madaniyatini shakllantirish – bu tizimli va doimiy jarayon bo‘lib, keng jamoatchilik va fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni talab etadi. Bu borada jamiyatning barcha jabhalari – davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, biznes sub'ektlari, kasaba uyushmalari va keng aholi qatlamlarining birgalikdagi va hamjihatlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuni kecha Buxoro viloyati Buxoro davalat universitetida o‘tkazilgan “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusidagi o‘quv-seminari ham bu borada olib borilayotgan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘quv-seminarida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq oliy ta'lim muassasalaridan vakillar ishtirok etib, bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning faollligini oshirishda ayollarimizning yetakchiligi muhim ekanligi to‘g‘risida, gender tenglik va gender madaniyati to‘g‘risida dolzarb mavzularda o‘zaro tajriba almashdilar.

Shuningdek, gender zo‘ravonlikning fenomeni va uning ijtimoiy oqibati va bunday muammolarning oldini olish chora tadbirlari borasida katta tajriba almashinuvi bo‘ldi. Jumladan, -“Bu kabi anjumanlar biz xotin qizlarga jamiyatda xotin qizlarning faolligini oshirish va ularning muammolari, orzu umidlari va kelajakdagi maqsadlariga erishishda fidoiylarcha sidqidildan yordam berishimiz kerakligini yana bir anglab yetdik” — deydi anjuman ishtirokchisi A.Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adaboyoti universiteti yoshlar masalalari,manaviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Jo‘raeva.

Tadbir davomida bugungi kunda gender masalalari bo‘yicha dolzab bo‘lib turgan jihatlar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator muhim rejalarni belgilab olindi.

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilgan ushbu Forum hamda o‘quv seminari chin ma'noda tajriba maktabi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Go‘zalxon Tajiboeva,

Namangan davlat pedagogika instituti

Xotin-qizlar masallalari bo‘yicha rektor maslahatchisi