Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-05-01 12:32:00   |      45

“Mening birinchi maqolam” tanlovi mart oyi birinchiligi g'oliblari taqdirlandilar.


Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan tashkil etilgan “Mening birinchi maqolam” tanlovining mart oyi birinchiligi g'oliblari aniqlandi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi g'olibi:

G'afurova Sabrina - Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi SU-22-guruh talabasi (83 ball);

Pedagogika fanlari yo‘nalishi g'olibi:

Jamoliddinova Madina - Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo’nalishi talabasi (88 ball);

Aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi g'olibi:

Orifjonova Mohinabonu - Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi SU-22 guruh talabasi (81 ball);

Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim yo'nalishi g'olibi:

Ikromova Dilshoda - Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika yo’nalishi 2-bosqich talabasi(84 ball).

Faol ishtirokchilar:

➖ Qosimova Marhabo - Pedagogika fakulteti Maxsus Pedagogika yo'nalishi 2-bosqich talabasi ( 75 ball);

➖ Boymirzayeva Sarvaraxon - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi XTA-SU 2-bosqich talabasi (79 ball);

➖ Yoqubjonova Oyshaxon - Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi XTA-SU-22 guruh talabasi (72 ball);

➖ Rahimjanova Mashhura - Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi MTM -CU-22-guruh talabasi (77 ball).

Tanlov Nizomiga muvofiq tanlovda faol ishtirok etgan talabalarning ilmiy maqolalari institutning “Iqtidorli talabalarning ilmiy xabarlari” ilmiy uslubiy jurnalida, tanlov g’oliblarining maqolalari esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro’yxatidan (№ 045 044) o‘tkazilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnalining 2024-yil 2-sonida (ISSN: 2992-9008; UDK: 37) nashr etiladi.


Eslatib o'tamiz, tanlov har oyning ohirgi haftasida o'tkazib boriladi hamda tanlovda ta'lim shakli va bosqichidan qat'iy nazar institutning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.