info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

Nukusdan Qozongacha: NamDPI talabasi xalqaro maydonda

Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi 1-bosqich JSM AU-25 guruhi talabasi Abduraxmatov Asadbek belbog‘li kurash bo‘yicha yuksak natijalarga erishib, institutimiz sharafini yuksaltirmoqda.

12 декабря 2025 Sport tadbirlari 52 просмотров

Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi 1-bosqich JSM AU-25 guruhi talabasi Abduraxmatov Asadbek belbog‘li kurash bo‘yicha yuksak natijalarga erishib, institutimiz sharafini yuksaltirmoqda.




 

Xususan, Asadbek 2007-2008-yillar sportchilari o‘rtasida 7-10 dekabr kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogida 82 kg vazn toifasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 15-18 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkaziladigan U-20 yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu esa uning xalqaro maydondagi jiddiy qadamidir.

Asadbekning bu muvaffaqiyatlarida ustozi dotsent Hamidullo Jurahonovning muntazam koʻmagi, puxta tayyorlov mashg‘ulotlari va sportchiga bo‘lgan ishonchi muhim o‘rin tutdi.

Asadbekni ushbu yutugʻi bilan tabriklaymiz! Kelgusi xalqaro maydonlarda ham ulkan g‘alabalar tilaymiz!


 

❮ ❯

Поделиться статьёй
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter