info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости Sport tadbirlari

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA – YUGURISH BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida yengil atletikaning yugurish turi bo‘yicha fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

19 октября 2026 Sport tadbirlari 41 просмотров

Musobaqada institutning turli fakultetlaridan faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etib, yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar bahslar davomida yuqori tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va kuchli irodani namoyon etdilar.

Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, har bir ishtirokchi belgilangan masofani qisqa vaqt ichida bosib o‘tish hamda yuqori natijani qayd etish uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. G‘oliblar keyingi bosqichlarda institut sharafini munosib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Murabbiylar: Murabbiy Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchilari N.Ummatov, Sh.Jahongirov


 

 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter