Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1028
"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA – YUGURISH BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI
19 октябр 2026
Musobaqada institutning turli fakultetlaridan faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etib, yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar bahslar davomida yuqori tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va kuchli irodani namoyon etdilar.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, har bir ishtirokchi belgilangan masofani qisqa vaqt ichida bosib o‘tish hamda yuqori natijani qayd etish uchun bor imkoniyatini ishga soldi.
Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. G‘oliblar keyingi bosqichlarda institut sharafini munosib himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Murabbiylar: Murabbiy Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchilari N.Ummatov, Sh.Jahongirov