info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xotin-qizlar jamoasi vakillari o‘rtasida voleybol va “Quvnoq startlar” sport musobaqalari o‘tkazildi.

11 ноябр 2026 Sport tadbirlari 6 marta ko‘rilgan

Mazkur musobaqalar jamoada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xotin-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviy harakat qilish mahoratini namoyon etdilar.

Ayniqsa, “Quvnoq startlar” bahslari ko‘tarinki kayfiyat, samimiy raqobat va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Sport musobaqalari institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, hamkasblar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing