info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Sport tadbirlari

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA STOL TENNISI BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi sport turi bo‘yicha fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

19 октябр 2026 Sport tadbirlari 4 marta ko‘rilgan


"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA STOL TENNISI BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

 Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi sport turi bo‘yicha fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada institut fakultetlaridan ishtirok etgan talaba-yoshlar stol tennisi bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, tezkor fikrlash, aniqlik va sport mahoratlarini namoyish etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar munosib natijalar uchun kurash olib bordilar. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, keyingi bosqichlarda institut sharafini munosib himoya qilishlari uchun yo‘llanmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Murabbiy: Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi A.Xasanov

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing