info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Sport tadbirlari

Kasaba uyushmalari kuni doirasida sport musobaqalari tashkil etildi va faol xodimlar taqdirlandi

Namangan davlat pedagogika institutida 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari — mehnat jamoasi manfaatlari himoyachisi” mavzusidagi muloqot sport musobaqalari hamda taqdirlash marosimi bilan davom etdi.

11 ноябр 2026 Yangiliklar 19 marta ko‘rilgan

Tadbir doirasida institutning professor-o‘qituvchilari va xodimalari o‘rtasida voleybol hamda “Quvnoq startlar” sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur bellashuvlar jamoada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xotin-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga qaratildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqalarda ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviy harakat qilish mahoratini namoyon etdilar. Ayniqsa, “Quvnoq startlar” bahslari ko‘tarinki kayfiyat, samimiy raqobat va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir davomida institut hayotida faol ishtirok etib, o‘zining samarali mehnati, tashabbuskorligi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan bir guruh professor-o‘qituvchi va xodimlar munosib taqdirlandi.

Sport musobaqalari yakunida esa g‘olib va sovrindorlar e’tirof etilib, ularga tegishli mukofotlar topshirildi.

Mazkur tadbirlar institut jamoasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fidokorona mehnatni qadrlash, hamkasblar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing