Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1194
YAPONIYA TA’LIM TIZIMINING ILĞOR TAJRIBALARI: MAKTAB TA’LIMI AMALIYOTI ÖRGANILDI
11 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlanğich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi öqituvchilari Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna hamda Ochilova Farida Kudrat qizi Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 95-sonli umumiy örta ta’lim maktabida bölib, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, öquvchilar uchun yaratilgan şart-şaroitlar hamda ilğor xorijiy tajribalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish masalalarini örganişdi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad – 2026-yil 5-fevraldagi Namangan viloyati hokimining 71-6-0-Q/26-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Yaponıya ta’lim tizimining samarali jihatlarini örganiş, ularni milliy ta’lim muhitiga moslaştiriş imkoniyatlarini tahlil qilişdan iborat böldi.
Örganiş jarayonida, avvalo, maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega öquvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim olişda teng şart-şaroitlarni ta’minlaşga qaratilgan işlar bilan tanişildi. Şuningdek, maktabning moddiy-texnik bazasi, öquv xonalari, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan şart-şaroitlar hamda mavjud imkoniyatlar közdan keçirildi.
Alohida e’tibor öquvchilarning darsdan taşqari vaqtini mazmunli taşkil etiş masalasiga qaratildi. Maktabda tashkil etilgan tögaraklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy va intellektual maşğulotlar hamda öquvchilarning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişga xizmat qiluvchi faoliyat yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, öquvchilarning kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, mutolaa jarayoniga qiziqişini oşiriş va mustaqil öqiş könikmalarini rivojlantiriş maqsadida ularning ayni paytda qanday badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarni mutolaa qilayotgani bilan qiziqildi. Kitob tanlaş, öqilgan asar mazmunini tahlil qiliş va taassurotlarini erkin ifodalaşga yönaltirilgan işlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Mazkur taşrif davomida Yaponıya ta’lim tizimiga xos bölgan intizom, mas’uliyat, mustaqillik, jamoada işlaş, öz-öziga xizmat qiliş va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni öquvchilarda şakllantirişga qaratilgan yondaşuvlarning maktab amaliyotidagi imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Ta’kidlaş joizki, ilğor xorijiy tajribalarni örganişdan asosiy maqsad ularni şunçaki köchirib oliş emas, balki milliy qadriyatlarimiz, ta’lim mazmuni va öquvchilarning yosh xususiyatlariga moslaştirgan holda amaliyotga tatbiq etişdir.
Bunday örganiş va hamkorlik işlari ta’lim muassasalari örtasidagi metodik aloqalarni mustahkamlaş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda maktab ta’limi sifatini oşirişga xizmat qiladi.