Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1197
Maktab va oliy ta’lim hamkorligi sifatli ta’lim sari muhim qadam
11 ноябр 2026
Tashrifda kafedra professor-o‘qituvchilari D. Akbarova, Y. Kasimova va O. Inomjonov ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatlarida dars jarayonida uchrayotgan metodik muammolar va ularning amaliy yechimlari, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash hamda o‘quvchilarning til o‘rganishga qiziqishini oshirish usullari muhokama qilindi. Maktab o‘qituvchilari bilan tajriba almashilib, xorijiy til mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga institutdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar, grant va xalqaro dasturlar haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilarga kasb tanlash, kelgusi ta’lim yo‘nalishini belgilash hamda aniq maqsad qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berilib, chet tillarini puxta o‘rganish va ilmiy izlanishga intilishning ahamiyati tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida maktablar va institut o‘rtasidagi ilmiy-metodik hamkorlikni davom ettirish, seminar-treninglar, ochiq darslar hamda mahorat mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur tashrif maktab o‘qituvchilari bilan metodik tajriba almashish va o‘quvchilarning xorijiy tillarga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.