Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1030
"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA VOLEYBOL BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI
19 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida voleybol sport turi bo‘yicha fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada institutning turli fakultetlaridan saralangan talaba-yoshlar jamoaviy bahslarda o‘zaro kuch sinashib, voleybol bo‘yicha mahorat va sport tayyorgarliklarini namoyish etdilar.
Bellashuvlar davomida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borib, o‘zaro hamjihatlik, jamoaviylik, tezkorlik va yuqori sport ruhini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun munosib sharoit yaratdi.
Murabbiylar: Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchilari Sh.Satiyev, D.Ergashaliyev