info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

12 июля 2025 Sport tadbirlari 52 просмотров

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.




 

Tashrif davomida institut psixologi G. Axadjonova hamda fakultet tyutorlari M. Umarova, G. Olimova, S. Baxodirov va A. Inomjonovlar tomonidan maktabning boshlang‘ich hamda yuqori sinf o‘quvchilari uchun turli mazmundagi faoliyatlar tashkil etildi.

O‘quvchilar uchun kayfiyatni ko‘tarishga qaratilgan psixologik treninglar;
Voleybol, basketbol kabi sport musobaqalari;
Aqlni charxlovchi shashka va shaxmat o‘yinlari.

Bu kabi tashabbuslar orqali bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy faollikka chorlash maqsad qilingan.

Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda.


 

❮ ❯

Поделиться статьёй
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter