info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda

Namangan davlat pedagogika institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

26 сентября 2026 Sport tadbirlari 112 просмотров

Bayram arafasida o‘tkazilayotgan musobaqa professor-o‘qituvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda institut jamoasi o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Ayni paytda maydonda qizg‘in bahslar davom etmoqda. Ishtirokchilar bellashuvlarda o‘zlarining sport mahorati, jamoa bo‘lib harakat qilish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini namoyon etmoqda. Hamkasblarning muxlis sifatidagi ishtiroki esa uchrashuvlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Bunday sport tadbirlari professor-o‘qituvchilarga kundalik mehnat faoliyatidan tashqari birgalikda vaqt o‘tkazish, o‘zaro muloqotni kuchaytirish va bayramni jamoa davrasida kutib olish imkonini beradi.
 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter