info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости Sport tadbirlari

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: YENGIL ATLETIKA

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida yengil atletikaning yugurish turi bo‘yicha navbatdagi musobaqa tashkil etildi.

05 октября 2026 Sport tadbirlari 105 просмотров

Musobaqada sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan faol talabalar ishtirok etib, belgilangan masofada o‘zaro kuch sinashdilar. Yugurish bahslarida ishtirokchilar o‘zlarining tezkorligi, chaqqonligi, chidamliligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar.

Qizg‘in kechgan bellashuvlarda har bir ishtirokchi marraga birinchi bo‘lib yetib kelish uchun bor kuchini safarbar etdi. Musobaqa davomida yoshlarning qat’iyati, irodasi, sportga bo‘lgan qiziqishi va g‘alabaga intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mazkur sport musobaqasi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish, yengil atletikaga qiziqishni kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Sport bilan do‘st bo‘lgan yosh — sog‘lom va faol kelajak bunyodkoridir!
 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter