info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости Sport tadbirlari

Ayni damda Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar musobaqasi ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda.

Mazkur sport loyihasi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish hamda talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

06 октября 2026 Sport tadbirlari 124 просмотров

Musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, sport va hamjihatlik muhitini namoyon etishmoqda.

Yugurish jarayonlari “Yugur” elektron platformasi orqali qayd etilib, ishtirokchilarning natijalari elektron tizim asosida monitoring qilinmoqda.

Tadbir davomida xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida ayrim hududlarda vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etilgan bo‘lib, mas’ul tashkilotlar tomonidan tartib-intizom nazorat qilinmoqda.

“Talaba — yugur” musobaqasi yoshlarni sog‘lom va faol hayot tarziga chorlovchi yirik sport tadbirlaridan biri sifatida davom etmoqda.

 

 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter