info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Наука Madaniy-ma'rifiy tadbirlar seminar

MAHORAT DARSI — ILM VA TAJRIBA UYG‘UNLIGI

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Namangan davlat pedagogika institutihamkorligida o‘quvchilar uchun mazmunli va manfaatli mahorat darsi tashkil etildi.

08 октября 2026 seminar 95 просмотров

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Namangan davlat pedagogika institutihamkorligida o‘quvchilar uchun mazmunli va manfaatli mahorat darsi tashkil etildi.

  Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar:

👨‍🏫 Matematika fanlari doktori, dotsent M. Mo‘minova

👨‍🏫 Fizika fanlari doktori, dotsent B. Boqiyev

👨‍🏫 Kimyo fanlari doktori, dotsent B. Komilov

👨‍🏫 Geografiya fanlari doktori, dotsent S. Abdurahmonov

  Professor-o‘qituvchilar tomonidan matematika, fizika, kimyo va geografiya fanlari yo‘nalishlarida qiziqarli, zamonaviy hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

  Mahorat darslari davomida o‘quvchilarga fanlarning nazariy asoslari bilan bir qatorda, ularning amaliy ahamiyati, zamonaviy ilm-fandagi o‘rni hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.

Поделиться статьёй
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter