Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1001
Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar — taraqqiyot poydevori
15 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri Rayxona Tillayeva hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shoxista Ermatovaning akademik litseyga tashrifi davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, akademik litseyda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qo‘shimcha bilim olishlariga ko‘maklashish maqsadida bepul tashkil etilgan o‘quv kurslari faoliyatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning kompyuter savodxonligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari kuzatildi. Ularning raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilimlari yuqori darajada ekanligi e’tirof etildi.
Bugungi globallashuv va raqamli taraqqiyot davrida yoshlarning axborot texnologiyalarini puxta egallashi, mustaqil izlanishi va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, bepul o‘quv kurslari o‘quvchilarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, qiziqishlarini rivojlantirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.
Yoshlar uchun yaratilgan har bir imkoniyat — ularning kelajagi sari qo‘yilgan muhim qadamdir.