Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1277
NamDPI yoşlari Markaziy Osiyoda ilk bor ötkazilayotgan “Teçstars Startup Week Taşkent 2026” xalqaro festivalida iştirok etişdi
26 ноябр 2026
Joriy yilning 24–26-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli “Teçstars Startup Week Taşkent 2026” xalqaro startap va texnologiyalar festivali bölib ötmoqda. Unda Namangan davlat pedagogika institutining iqtidorli talaba-yoşlari özlarining innovasion loyihalari bilan faol iştirok etişdi.
Xalqaro Teçstars akseleratori, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi UzVC Milliy vençur jamğarmasi hamda Hackonnect kompaniyasi hamkorligida taşkil etilgan mazkur yirik tadbir mamlakatimiz startap ekotizimini rivojlantiriş va mahalliy ğoyalarni global bozorga olib çiqişga xizmat qilmoqda.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölim boşliği Ramziddin Tursunov boşçiligidagi institut jamoasi özlarining startap loyihalarini xalqaro ekspertlar va investorlarga namoiş etiş hamda ularni yanada rivojlantiriş, ilğor xorijiy va milliy tajribalarni özlaştiriş maqsadida 23 ta davlatdan taşrif buyurgan xalqaro vençur investorlar va ekspertlar bilan bevosita muloqot örnatişdi hamda istiqboldagi vazifalar va özaro hamkorlik masalalariga kelişildi.