info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Kelajak pedagoglari milliy o‘zlik va qadriyatlar targ‘ibotchisi

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari o'rtasida go'zal an'ana yo'lga qo'yilgan.

16 октябр 2026 Yangiliklar 25 marta ko‘rilgan


Oliygoh talabalari — bo'lajak pedagog va tarbiyachilar mashg'ulotlarda o'zbekona lutf va nazokatni aks ettiruvchi milliy liboslarimiz — atlas, adras va shoyi matolardan tikilgan liboslar hamda nafis iroqi do'ppilarda ishtirok etishmoqda.
Milliy libos — shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning ko'p asrlik tarixi, ma'naviyati, estetik didi va o'ziga xosligini namoyon etuvchi muhim vositadir. Ayniqsa, bo'lajak murg'ak qalblarga tarbiya beruvchi pedagog-talabalarning bunday tashabbusi kelajak avlodga milliy o'zlikni singdirishda, ma'naviy muhitni boyitishda alohida o'rin tutadi.
Talabalarning milliy liboslarda  mashg'ulotlarga tashrif buyurishi dars jarayonlariga alohida fayz va shukuh bag'ishlab, ularning milliy qadriyatlarga bo'lgan hurmatini yanada oshirmoqda.
Guruh tyutori U. Odilova

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing