info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

G‘ururimsan, orimsan — ona tilim

21-oktabr — Davlat tili bayrami oldidan Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida professor Mahbubaxon Sobirova tashabbusi bilan “G‘ururimsan, orimsan — ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

16 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 22 marta ko‘rilgan

21-oktabr — Davlat tili bayrami oldidan Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida professor Mahbubaxon Sobirova tashabbusi bilan “G‘ururimsan, orimsan — ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Birinchi shart bo‘yicha talabalar ona tilini ulug‘lovchi she’rlarni aytib, ifodali o‘qish mahoratlarini namoyish etdilar. Ikkinchi shartda esa tilga oid muammolar sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.

Shartlarni bajarish davomida talabalar “Davlat tili haqida”gi Qonun va istiqlol tufayli o‘zbek tilining nufuzi tiklanganini, uning rivojlanishi uchun keng ufqlar ochilganini ta’kidladilar. Ona tilimiz respublikamizda nafaqat muomala va aloqa vositasi, balki ilmiy, badiiy hamda rasmiy til sifatida ham keng qo‘llanila boshlagani qayd etildi.

Shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganish, o‘qish va o‘qitish, ilmiy hamda badiiy asarlar, o‘quv adabiyotlarini o‘zbek tilida nashr etish keng yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Ona tilimiz mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylangani madh etildi.

Besh guruh o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tadbirning faol ishtirokchilari professor M. Sobirovaning shaxsiy kutubxonasidagi nodir kitoblar bilan taqdirlandilar.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing