info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar Yoshlar ittifoqi tadbirlari

FAOLLAR JAMOASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida Faollar jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda institut Yoshlar yetakchisi Mastura Nabihonova tomonidan faol talabalar bilan amaliy suhbat olib borildi.

16 октябр 2026 Yoshlar ittifoqi tadbirlari 8 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutida Faollar jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda institut Yoshlar yetakchisi Mastura Nabihonova tomonidan faol talabalar bilan amaliy suhbat olib borildi.

 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, institut hayotida faol ishtirok etish hamda turli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, institut va fakultet koordinatorlari ham uchrashuvda faol ishtirok etib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Faollar jamoasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish va talaba-yoshlar uchun foydali tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

 Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish va institut hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


 

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing