Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1018
“MA’NAVIY YUKSALISH VA VATANPARVARLIK KUNI” DOIRASIDA MA’RIFIY MASHG‘ULOT
17 октябр 2026
“MA’NAVIY YUKSALISH VA VATANPARVARLIK KUNI” DOIRASIDA MA’RIFIY MASHG‘ULOT
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oynayi hayoti — til va adabiyotdur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafiy va tarixiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori Tillayev Bobamurod Abduvaxobovich ishtirok etdi.
Tadbir davomida ma’ruzachi tomonidan ona tilining millat hayoti va ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rni, til va adabiyotning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.