info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Davlat tili — millat faxri

Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Muqaddas Pozilova tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

19 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 3 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Muqaddas Pozilova tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur intellektual bellashuvda Ijtimoiy fanlar fakultetining Tarix yo‘nalishi hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Uchta jamoa o‘rtasida kechgan qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirokchilarning bilimlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Hakamlar hay’atiga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nodirbek Qodirov raislik qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar quyidagi tartibda aniqlandi:

1-o‘rin — «Alfraganus» jamoasi; 

2-o‘rin — «Ko‘hinur» jamoasi; 

3-o‘rin — «Everest» jamoasi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur intellektual o‘yin talabalarning bilimlarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing