Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1036
Nemis tili yo‘nalishi talabalarining 4+2 amaliyoti o‘rganildi
20 октябр 2026
Joriy yilning 19-oktyabr kuni Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, amaliyot rahbari Bahodir Jo‘rabayev Namangan davlat pedagogika institutining Akademik litseyida bo‘lib, XTA-AN-24 (nemis tili) guruhi talabalarining 4+2 amaliyoti davomida olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.
Tashrif davomida akademik litseyda nemis tili fanining o‘qitilish holati, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tashkil etilishi hamda amaliyotchi talabalarning dars jarayonidagi ishtiroki monitoring qilindi. Shuningdek, talabalarga darslarni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha zarur uslubiy tavsiyalar berildi.