Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1038
TАLABALARNING IJARA XONADONIDAGI YASHASH SHAROITLari O'RGANILDI
20 октябр 2026
TАLABALARNING IJARA XONADONIDAGI YASHASH SHAROITLari O'RGANILDI
Joriy yilning 20-oktabr sanasida Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Kamolov Baxtiyor Xasanboyevich bitiruvchi kurs talabalarining ijaradagi yashash sharoitlarini yaqindan ko'zdan kechirish maqsadida ularning yashash manziliga tashrif buyurdi.
O‘rganish jarayonida Namangan shahar, Ilg‘or MFY, Beshkapa ko‘chasi, 7-A-uyda vaqtincha ijarada istiqomat qilib kelayotgan Geografiya yo‘nalishi 4-kurs GEO-BU-23-guruh talabalari Madaminov Asadbek va Abdirashidov Javohirlarning yashash sharoitlari, mavjud sharoitlar hamda kundalik turmush tarzi atroflicha o‘rganildi.
Tashrif davomida dotsent B.Kamolov talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning darsga qatnovi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari hamda kelgusidagi bitiruv malakaviy ishi va davlat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan qiziqdi. Shu bilan birga, yoshlarga xonalarni doimo ozoda va tartibli saqlash, mahalla aholisi va qo‘shnilar bilan o‘zaro hurmat muhitini saqlash, shuningdek, isitish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.