info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Talaba hayoti Yangiliklar

Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

Kreativ pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Istiqlol talabalar turar joyiga tashrif tashkil etildi.

21 октябр 2026 Yangiliklar 16 marta ko‘rilgan

Tashrifda fakultet dotsentlari N. Ismoilova, D. Oribboeva va N. Mahmudovalar ishtirok etib, Psixologiya, Pedagogika hamda Maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida talabalarning turar joydagi maishiy sharoitlari, xona va umumiy foydalanish joylarining holati, tozalik va ozodalikka rioya etilishi, shuningdek, ularning dam olishi hamda mustaqil ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari tinglandi. Talabalarga turar joyda ichki tartib-qoidalarga amal qilish, shaxsiy va umumiy gigiyenaga rioya etish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning ijtimoiy-maishiy holatidan xabardor bo‘lish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va shaxsiy rivojlanishi uchun qulay muhitni ta’minlashdan iborat.
Bunday uchrashuvlar fakultet va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing