info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Til bayrami mehmonlari kitoblar yarmarkasi va ijodiy ko‘rgazmalar bilan tanishdi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan tadbirga viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi rahbari Musoxon Appakov, taniqli shoir va yozuvchilar, ijodkorlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va vakillari tashrif buyurdi.

21 октябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Mehmonlarni institut rahbariyati kutib oldi. Tashrif ishtirokchilari dastlab institut hovlisida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi va kitob savdosi, tasviriy san’at ko‘rgazmasi hamda talabalarning ona tiliga bag‘ishlangan ijodiy ishlari bilan tanishdi

Kitoblar yarmarkasida namoyish etilgan adabiyotlar ishtirokchilarga mutolaa uchun asarlar tanlash va xarid qilish imkonini taqdim etdi. Tasviriy san’at ko‘rgazmasida esa talabalarning ona tilimizga hurmati, milliy qadriyatlarimizga munosabati va ijodiy qarashlarini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi.

Ko‘rgazmalar bilan tanishuv davomida mehmonlarga taqdim etilgan kitoblar va talabalar ijodiy ishlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur ko‘rgazmalar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ona tiliga muhabbatni mustahkamlash hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga qaratildi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing