Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1051
Badiiy tafakkur va mutolaa maskanlarida adabiy muloqot
21 октябр 2026
Badiiy tafakkur va mutolaa maskanlarida adabiy muloqot
Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir davomida mehmonlar Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi binosidagi O‘zbekiston xalq shoiri Habib Sa’dulla nomidagi badiiy tafakkur maskani hamda “Mutolaa maskani” faoliyati bilan tanishdilar.
Badiiy tafakkur maskaniga O‘zbekiston xalq shoiri Habib Sa’dulla nomi berilgani, bu yerda talabalarni adabiyotga jalb etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat mehmonlarning e’tiborini tortdi. Shuningdek, “Mutolaa maskani”ning yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va adabiy muloqotlar tashkil etishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Habib Sa’dulla nomidagi badiiy tafakkur maskanida Ch. Isroilova rahbarligidagi “Mushoira klubi” talabalari ishtirokida she’rxonlik o‘tkazildi. Talabalar ijrosidagi she’rlar orqali ona tilimizning boyligi va milliy adabiyotimizning badiiy imkoniyatlari namoyon etildi.
“Mutolaa maskani”da esa o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan mutolaa madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rinishlar va adabiy muloqot tashkil qilindi.
Mazkur maskanlardagi tadbirlar yoshlarning ona tilimiz va adabiyotimizga muhabbatini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishga xizmat qildi.