info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

ONA TILIM — MILLAT FAXRI, G‘URURIM!

Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizni ifodalovchi muhim vosita ekanini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.

21 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 7 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizni ifodalovchi muhim vosita ekanini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda Filologiya kafedrasi mudiri R. Tillayeva, kafedra dotsenti M. Payziboyeva, kafedra katta o‘qituvchisi Sh. Ermatova hamda Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori Sh. Xo‘jamberdiyeva ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning taraqqiyoti va kelajak avlodga sof holda yetkazish mas’uliyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning tarixiy ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu qonunning qabul qilinishi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, milliy o‘zlikni anglash va ona tilimizning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, uni ta’lim, ilm-fan va boshqa ijtimoiy sohalarda keng qo‘llash, til me’yorlariga rioya qilish hamda uning sofligini asrash har bir fuqaroning ma’naviy burchi ekanligi qayd etildi.

Ilmiy-ma’rifiy tadbir badiiy chiqishlarga ham boy bo‘ldi. Magistrantlar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi. Badiiy chiqishlarda o‘zbek tilining jozibasi, boy imkoniyatlari, xalqimizning ko‘p asrlik tarixi va ma’naviy merosidagi beqiyos o‘rni o‘z ifodasini topdi.

Tadbir yakunida ona tilimizni e’zozlash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilmiy va ijodiy faoliyatda o‘zbek tilining mavqeini yanada yuksaltirish hamda kelajak avlodga tilimizga hurmat ruhini singdirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Mazkur ilmiy-ma’rifiy tadbir magistrantlarning bilim va ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish hamda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing