info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Maqsadimiz — raqamli muhitda ham samarali ishlay oladigan tadqiqotchi va lider pedagoglarni shakllantirishdir

"Ta'lim tahlilchisi" gazetasining navbatdagi sonida Namangan davlat pedagogika instituti rektori, falsafa fanlari doktori, professor Baxodir Xusanovning "Maqsadimiz — raqamli muhitda ham samarali ishlay oladigan tadqiqotchi va lider pedagoglarni shakllantirishdir" nomli maqolasi e'lon qilindi.

22 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

Maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, maktabgacha ta'lim, maktab ta'limi, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim hamda ilm-fan sohalarini yagona vertikalda birlashtirish haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida pedagogik ta'lim sifatini oshirish va soha infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to'xtalib o'tildi.
Institutda ishlab chiqilgan "Pedagogik ta'limning yangi arxitekturasi" konsepsiyasi doirasida bo'lajak pedagogning kasbiy-ma'naviy qiyofasini belgilash, milliy tarbiya merosini ta'lim mazmuniga kiritish, "Go'zal xulqlar laboratoriyasi"ni yo'lga qo'yish, Lesson Study metodini joriy etish, talabalarni maktab amaliyotiga erta jalb qilish, pedagogik tadqiqot madaniyatini shakllantirish hamda raqamli pedagogika va milliy kontent yaratish kabi ustuvor yo'nalishlar belgilangani haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, sun'iy intellekt va EdTech texnologiyalari ta'lim mazmuni, metodikasi va baholash tizimini o'zgartirayotgani, bunday sharoitda pedagog zamonaviy raqamli kompetensiyalarga ega bo'lishi zarurligi ta'kidlandi. Kelajak o'qituvchisi faqat bilim beruvchi emas, balki o'quvchilar bilan samarali muloqot qiluvchi, mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, tadqiqotchi va lider shaxs bo'lishi lozimligi bayon etildi.
Maqolada institutda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida pedagogik ta'lim muassasalari bilan hamkorlik kengayayotgani, "Namangan Lesson Study maktabi" va "Pedagogik tarbiya klasteri" kabi yangi amaliy platformalar yaratilayotgani haqida ma'lumotlar berildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing