info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Memorandumlar

Namangan davlat pedagogika instituti hamda “Ta’lim tahlilchisi” gazetasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Namangan davlat pedagogika instituti va “Ta’lim tahlilchisi” gazetasi o‘rtasida ta’lim va axborot sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.

22 октябр 2026 Memorandumlar 8 marta ko‘rilgan

 Namangan davlat pedagogika instituti va “Ta’lim tahlilchisi” gazetasi o‘rtasida ta’lim va axborot sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatni Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov hamda “Ta’lim tahlilchisi” gazetasi muharriri Saidolim Abduraxmonov imzoladilar.

Ushbu hamkorlik institutning ta’lim, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari va ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, gazeta bilan hamkorlik pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qitishning zamonaviy yondashuvlariga oid tahliliy maqolalar, suhbatlar va boshqa materiallarni yoritish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Bu orqali institut professor-o‘qituvchilari o‘z tajribalari, ilmiy qarashlari va takliflarini keng auditoriya bilan baham ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Memorandumning imzolanishi oliy ta’lim muassasasi va ommaviy axborot vositasi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, ta’limga oid dolzarb masalalarni jamoatchilik e’tiboriga havola etish hamda o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing