Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/780
Tarixiy hujjat — hamkorlik memorandumi imzolandi
11 сентябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti hamda Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markazi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim hujjat — memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, axborot-resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Marosimdan so‘ng institutning faol talabalari taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar hamda kutubxonaga a’zolik kartalari topshirildi. Ushbu e’tirof talaba-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bilim olishga yanada keng jalb etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yanada mustahkamlanayotganini namoyon etdi.