Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1091
AMALIYOT JARAYONI — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
24 октябр 2026
Tashrif davomida BU-24 guruhi talabasi Mirzajonova Zilola tomonidan olib borilgan 8-9-sinflardagi dars mashg‘uloti kuzatildi. Jarayonda talabaning darsni rejalashtirishi, mavzuni o‘quvchilarga tushuntirish usullari, pedagogik mahorati, sinf bilan ishlash ko‘nikmalari hamda o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan yondashuvlariga alohida e’tibor qaratildi.
Dars kuzatuvi bo‘lajak mutaxassisning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik tajribasini boyitish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Kuzatuv yakunida talaba bilan fikr almashilib, dars samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiya, maslahatlar berildi.