Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1096
Özbekiston va Belarus oliy ta’lim hamkorligi mustahkamlanmoqda
24 октябр 2026
22-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti professor-öqituvchilari va talabalari ishtirokida “Ikki şahar — madaniy muloqotning bir tarixi” nomli xalqaro onlayn uçraşuv bölib ötdi.
Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan ushbu tadbir Belarus va Özbekiston davlatlarining özaro madaniyat va ta’limni rivojlanishidagi muhim voqea bölib, özbek tili va adabiyoti, milliy an’analar va döstlikni mustahkamlashga hissa qöshdi.
Mazkur onlayn boğlanishda Belarus studiyasidan Özbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchixonasi Siyosiy masalalar böyicha maslahatchisi A.Ozotov, BDPU öquv ishlari böyicha prorektori p.f.n., dots. A.Frantskevich, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar böyicha prorektori k.f.d., prof. M.Qodirxonov hamda talabalar ishtirok etdi.
Namangan studiyasidan ishtirok etgan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani PhD, dots. S.Mutalov, Filologiya kafedrasi rus tili ta’lim yönalişi professor-öqituvchilari va talabalari, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ta’lim va ilm-fan hamkorligiga bağişlangan ma’rifiy taqdimotlar va madaniy çiqishlarni namoyish etdilar.
Uçraşuv yakunida akademik hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli ta’lim loyihalarini tizimli ravishda amalga oshirishga oid kelishuvlarga erishildi.