info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

NAMANGANDA YANGI AVLOD LIDERLARI ANIQLANDI

Namangan viloyatida O‘quvchilar kengashi saylovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Kelajak lideri” yo‘nalishi bo‘yicha Begoyim Varisova hamda “Ekologiya koordinatori” yo‘nalishi bo‘yicha Odina Yusifjanova nomzodlarni saralash jarayonida ishtirok etdi.

02 ноябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 3 marta ko‘rilgan

Namangan viloyatida O‘quvchilar kengashi saylovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Kelajak lideri” yo‘nalishi bo‘yicha Begoyim Varisova hamda “Ekologiya koordinatori” yo‘nalishi bo‘yicha Odina Yusifjanova nomzodlarni saralash jarayonida ishtirok etdi.


 

📌 Kimyo xalqaro universitetida tashkil etilgan tadbir Respublika “Kelajak” markazi mas’ul xodimi F. Sulaymonova, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O. Bozorov hamda Namangan viloyati “Kelajak” markazi direktori Sh. Ortiqovlarning kirish so‘zlari bilan ochib berildi.


 

 Tadbirda davomida so‘zga chiqqanlar O‘quvchilar kengashining yoshlar tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularning jamoatchilik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish hamda yetakchilik salohiyatini namoyon etishdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar.


 

 Viloyat bosqichida tuman va shaharlardan jami 112 nafar O‘quvchilar kengashi a’zolari hamda “Kelajak lideri” ishtirok etdi. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyati, tashabbuskorligi, ijodkorligi hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etib, o‘zaro tajriba almashdilar.


 

 

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing