info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“BIR HAFTADA BIR KITOB” LOYIHASI DOIRASIDA KITOBXONLIKKA OID ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI!

Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa qilingan badiiy asarlar yuzasidan bilim va dunyoqarashni mustahkamlash, mantiqiy fikrlash hamda intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida “Bir haftada bir kitob” loyihasi koordinatori O. Madaminova boshchiligida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

11 ноябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 15 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa qilingan badiiy asarlar yuzasidan bilim va dunyoqarashni mustahkamlash, mantiqiy fikrlash hamda intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida “Bir haftada bir kitob” loyihasi koordinatori O. Madaminova boshchiligida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

 Mazkur intellektual o‘yin davomida hafta mobaynida o‘qilgan badiiy asarlar asosida tuzilgan qiziqarli va mantiqiy savollar o‘rtaga tashlandi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar.

Musobaqada jami 28 ta jamoa ishtirok etib, bilim va tafakkur maydonida o‘zaro kuch sinashdi.

🏆 Birinchi Zakovat musobaqamiz yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — “Ko‘hinur” jamoasi

🥈 2-o‘rin — “O‘zbegim qizlari” jamoasi

🥉 3-o‘rin — “Intellekt” jamoasi

🏅 4-o‘rin — “Logos” jamoasi

🏅 5-o‘rin — “Avitsenna” jamoasi

 Tadbirning ochilish marosimida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Dexkonova kirish so‘zi bilan ishtirok etib, kitob mutolaasining yoshlar kamolotidagi o‘rni, badiiy adabiyotning inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar.

 Tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari O. Madaminova, shuningdek, M. Mahmudova hamda A. Rahmonazarova faol ishtirok etdilar.

 Ta’kidlash joizki, “Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida har hafta o‘qilgan badiiy asarlar asosida tashkil etiladigan bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, o‘qilgan asarlarni chuqur tahlil qilish, mustaqil va jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 Zero, kitob o‘qigan yosh — fikrlaydigan yosh, fikrlaydigan yosh esa kelajak bunyodkoridir!

Barcha ishtirokchilar va g‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi bellashuvlarda ham barchaga omad tilaymiz!

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing