Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1220
USMON NOSIR — MANGU BARHAYOT IJOD SOHIBI!
13 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘zbek she’riyatining zabardast vakili, betakror iste’dod sohibi Usmon Nosir tavalludining 114 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida shoirning sermazmun hayot yo‘li, mashaqqatli taqdiri va boy ijodiy merosi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, she’rlaridagi yuksak badiiy mahorat, Vatanga muhabbat va insoniy kechinmalar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan shoirning betakror she’rlari o‘qilib, uning ijodiy merosidan namunalar namoyish etildi.
Mazkur adabiy-ma’rifiy uchrashuv yosh avlod qalbida milliy adabiyotga muhabbatni kuchaytirish, badiiy so‘zga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda buyuk ijodkorlar merosini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Zero, Usmon Nosir singari ijodkorlarning nomi va ijodi xalqimiz qalbida hamisha barhayotdir!