info@namspi.uz +998 69 211 10 97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: Özbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Munosabat 3 daqiqa öqiş NamSPI Rasmiy

35 YILLIK TARAQQIYOT YÖLI VA MA’RIFATLI JAMIYAT SARI DADIL QADAMLAR

Har qanday xalqning tarixida şunday sanalar böladiki, ular şunçaki tantana bilan çeklanmay, bosib ötilgan taraqqiyot yölining falsafiy mohiyatini teran anglaş hamda kelajak ufqlarini belgilaşni talab etadi. Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik şonli dovoni — davlatçiligimiz poydevorini mustahkamlaş bilan birga, jamiyat tafakkurida yuz bergan tub sifat özgarişlarini sarhisob qiliş uçun yuksak ma’naviy minbardir.

28 август 2026 Munosabat 300 marta körilgan

Har qanday xalqning tarixida şunday sanalar böladiki, ular şunçaki tantana bilan çeklanmay, bosib ötilgan taraqqiyot yölining falsafiy mohiyatini teran anglaş hamda kelajak ufqlarini belgilaşni talab etadi. Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik şonli dovoni — davlatçiligimiz poydevorini mustahkamlaş bilan birga, jamiyat tafakkurida yuz bergan tub sifat özgarişlarini sarhisob qiliş uçun yuksak ma’naviy minbardir.

 

Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Biz Yangi Özbekistonni barpo etişda eng avvalo xalqimizning ma’naviy yuksalişi, yoşlarimizning zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallaşiga tayanamiz. Zotan, taraqqiyotning asosi, mamlakatni qudratli qiladigan kuç — bu ilm-ma’rifat va inson kapitalidir». Uşbu qutluğ ayyom arafasida ilgari surilayotgan ezgu ğoyalar zamirida inson qadrini yuksaltiriş, milliy birlikni mustahkamlaş va Yangi Özbekiston poydevorini intellektual salohiyatli avlod qöli bilan bunyod etiş maqsadi mujassamdir. Çinakam mustaqillik — bu xalqning tafakkur erkinligi va ma’rifiy qudrati bilan çambarças boğliqdir.

 

Davlatimiz rahbarining «Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda. Çunki barça ezgu maqsadlarga faqat ma’rifat orqali erişiladi», degan konseptual ğoyasi bugun sohadagi tub burilişlarning harakatlantiruvçi kuçiga aylandi. Keyingi yillarda yurtimizda barça sohalar qatori ta’lim tizimida ham misli körilmagan islohotlar amalga oşirilmoqda. «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonunning qabul qilinişi öqituvçi şa’ni va nufuzini davlat himoyasiga oldi. Oliy ta’lim muassasalariga berilgan akademik hamda moliyaviy mustaqillik, kredit-modul tizimi va kompetensiyaviy yondaşuvning joriy etilişi talabalarda mustaqil izlaniş madaniyatini şakllantirmoqda.

 

Prezidentimiz tomonidan Yangi Özbekistonning Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş vazifasi qöyilgan bugungi davrda pedagog kadrlar tayyorlaş maskanlari zimmasiga ikki karra yuksak mas’uliyat tuşadi. Maktab va oliygohni özaro mustahkam boğlovçi pedagogik klaster tamoyillari asosida tayyorlanayotgan bölajak muallim nafaqat öz fanining çuqur bilimdoni, balki milliy ğoya va umuminsoniy qadriyatlarni yoşlar qalbiga singdiruvçi ma’naviy yetakçi bölişi lozim. Axborot oqimi şiddatli tus olgan davrda yoşlar ongida yot mafkuralarga qarşi mustahkam mafkuraviy immunitetni şakllantiriş, ularni tanqidiy va tahliliy fikrlaşga örgatiş har bir pedagogning muqaddas burçidir.

 

35 yillik dovonda turib kelajakka boqar ekanmiz, mamlakatimizdagi ma’rifiy islohotlar institutimiz jamoasi, fidoyi professor-öqituvçilarimiz va iqtidorli talabalarimiz oldiga yangi, yanada yuksak marralarni qöymoqda. Yangi Özbekistonning ravnaqi va xalqimizning intellektual yuksalişi yölida sifatli ta’lim beriş, ilmiy salohiyatni oşiriş hamda davrimiz talablariga töla javob beradigan raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaş biz uçun eng oliy saodat va şarafli mas’uliyat bölib qoladi.

 

Fursatdan foydalanib, butun xalqimizni, aziz ustoz-murabbiylarimizni, hamkasblarimiz va qadrli talaba-yoşlarimizni eng uluğ, eng aziz ayyom — Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik şodiyonasi hamda kirib kelayotgan yangi öquv yili bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik va fayzu baraka tilayman. Ona Vatanimiz ravnaqi, yoş avlod kamoli yölidagi şarafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar doimo yor bölsin! Mustaqilligimiz abadiy, taraqqiyotimiz bardavom bölsin!

Abdullayev Akmal Nasriddinoviç

Maqolani ulaşing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturçi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing