info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida NamDPIda yangi ta’lim va innovatsion maskanlar foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Namangan davlat pedagogika institutida “Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi” binosi, Registrator ofisi hamda Innovatsiyalar markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

28 август 2026 Yangiliklar 66 marta ko‘rilgan

Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, institut rektori Bahodir Husanov, rahbarlar, faxriy mehmonlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ramziy tasma kesilib, yangi maskanlar rasman foydalanishga topshirildi.

Tashrif davomida viloyat rahbari institutda tashkil etilgan STEAM laboratoriyasi, “Maktabgacha ta’lim: tajriba-sinov maydoni”, “Bolani rivojlantiruvchi texnologiyalar markazi”, Yaponiya ta’lim markazi, sport zallari, “Ma’rifat bog‘i”, “Mutolaa maskani”, Media markaz, shuningdek, Registrator ofisi va Innovatsiyalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif yakunida viloyat rahbariga institutning 2022–2026-yillardagi faoliyati va muhim tarixiy voqealarini o‘zida mujassam etgan “Solnoma” taqdim etildi. Shavkatjon Abdurazzoqov “Solnoma”ga ilk esdalik dastxatini qoldirib, institut jamoasiga ezgu tilaklarini yozdi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu yangi maskanlar institut taraqqiyotining navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi.

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing