Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/774
Tyutorlik lavozimi uchun tanlov o‘tkazildi
05 сентябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida tyutorlik lavozimida faoliyat yuritish istagini bildirgan nomzodlar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlov jarayonida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, talabalar bilan ishlash salohiyati, tashabbuskorligi, mas’uliyatliligi hamda tyutorlik faoliyatiga oid bilimlari baholandi.
Shuningdek, suhbat davomida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hayotini tashkil etish, ularning muammo va takliflari bilan ishlash, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi tyutorning o‘rni yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
Tanlov belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etildi.