info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Yig'ilishlar

Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov boshchiligida Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

16 сентябр 2026 Yig'ilishlar 10 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov boshchiligida Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim hamda Pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, dars mashg‘ulotlari sifatini oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash, talabalarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, mavjud shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng tatbiq etish yuzasidan qator taklif va tashabbuslar bildirildi.

Institut rektori bildirilgan har bir fikr va taklifni batafsil tinglab, ularning amaliy ahamiyati yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashdi. Maqsadga muvofiq va samarali takliflar joyida qo‘llab-quvvatlanib, inobatga olindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli yo‘nalish rahbarlariga ularni atroflicha tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish vazifalari belgilandi.

Muloqot davomida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda professor-o‘qituvchilarning tashabbuskorligi, kasbiy tajribasi va takliflari muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv fakultet jamoasining fikr va takliflarini bevosita tinglash, mavjud masalalarga hamkorlikda yechim topish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan samarali muloqot maydoni bo‘ldi.

Manbaa: https://t.me/namspii/52858

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing