Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1054
ONA TILI — ILMIY TAFAKKUR VA TADQIQOT IFODASI
21 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamolova Kimyoxon G‘ulomjonovna rahbarligida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani doirasida magistrantlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, ilmiy tafakkur va tadqiqotlar rivojidagi ahamiyati, milliy ilmiy atamalardan to‘g‘ri foydalanish hamda akademik yozuv madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.