info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Oliy ta’limda xalqaro akkreditatsiya va sifat kafolati masalalari muhokama qilindi

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarligi, Yevropa sifat kafolati standartlari hamda Portugaliya tajribasi muhokama qilindi.

21 сентябр 2026 Yangiliklar 44 marta ko‘rilgan

Toshkent shahrida oliy ta’limda xalqaro akkreditatsiya, ilg‘or xorijiy tajriba hamda ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarligi, Yevropa sifat kafolati standartlari hamda Portugaliya tajribasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarlarda Namangan davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshidbek Sodiqov ham faol qatnashdi.

Yakuniy tadbirda Jamshidbek Sodiqov seminarda eng faol ishtirok etgan yoshlar qatoridan munosib o‘rin egallagani uchun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor G‘ayratjonovich Yo‘ldoshev tomonidan taqdirlandi.

Manbaa: https://t.me/namspii/53132

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing