Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/793
Osiyo oʻyinlari-2026: Abdul Vahhob Rashidov delegatsiyamizga dastlabki oltin medalni taqdim etdi!
21 сентябр 2026
Yaponiya mezbonlik qilayotgan XX Osiyo oʻyinlarining karate boʻyicha musobaqalarida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Erkaklar oʻrtasida -67 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Abdul Vahhob Rashidov final uchrashuvida yaponiyalik Yugo Kozakiga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bellashuvda vakilimiz yuksak mahorat va iroda koʻrsatib, raqibini magʻlubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, Abdul Vahhob Rashidov delegatsiyamiz hisobiga ushbu Osiyo oʻyinlaridagi dastlabki oltin medalni taqdim etdi.